06 apr 15:38
Yangiliklar

Karlos Alkaraz: "Bu yil "Katta Dubulg'a"da g'alaba qozonishga tayyorman"
Mayami "Masters"i chempioni Karlos Alkaraz Marca nashriga bergan intervyusida joriy mavsumda "Rolan Garros"da g'alaba qozonishga tayyormi, degan savolga javob berdi.
"Menda o'zimga ishonch, o'yin darajasi bor, jismonan va psixologik jihatdan bunga tayyorman. Balki, bu "Rolan Garros"da sodir bo'lmas, lekin bu yil "Katta Dubulg'a" turnirida g'alaba qozonishga tayyorman. Men buni aytishdan qo'rqmayman.
Bilaman, kuchli tennischilar bor - Rafa, Medvedev, Cicipas, Zverev, Jokovich... Ularning barchasi eng yaxshilar qatorida va favorit bo'lib qolishadi. Ammo men bu maqsad sari olg'a borishga tayyorman, ammo bu qachon amalga oshishini bilmayman. Xuddi shunday - reytingning birinchi qatorida bo'lish ham. Bu muvaffaqiyatlarga imkon qadar tezroq erishaman degan umiddaman”,-dedi Alkaraz.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar