06 may 16:44
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Madrid "Masters"ining so'nggi chorak finalchisiga aylandi
Madrid shahrida bo'lib o'tayotgan mavsumning navbatdagi "Masters" turnirida chorak finalga chiqqan barcha tennischilarning nomi malum bo'ldi.
Jahonning 9-raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirining uchinchi davrasida ATR reytingida 11-pog'onani egallab turgan britaniyalik Kemeron Norrini 6/4, 6/7(4), 6/3 hisobida mag'lub etdi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Tennischilar kortda 2 soatu 41 daqiqa harakat qilishdi. Ushbu vaqt davomida Karlos etti marta eys zarbasini amalga oshirdi, to'rt bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va beshta breykdan unumli foydalandi. Kemeron esa uchta eys va ikkita breyk qayd etib, ikki marta qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Alkaraz oldinda, 3:0.
Madrid "Masters"ining yarim finaliga chiqish uchun Alkaras hamyurti Rafael Nadalga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar