05 may 08:52
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Madriddagi "Masters" turnirini g'alaba bilan boshladi
Karlos Alkaraz Madrid "Masters"ining ilk davrasida kortga chiqdi.
Jahonning to'qqizinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz Mutua Madrid Open turnirining ikkinchi davrasida ATP reytingida 27-o'rinni egallab turgan gruziyalik Nikoloz Basilashvilini 6/3, 7/5 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 23 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida Karlos to'rtta eys, bitta qo'sh xato va oltita breyk qayd etdi. Nikoloz esa ikkita eys, ettita qo'sh xato qayd etib, uchta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Sportchilarning o'zaro o'zaro uchrashuvlarida Alkaraz 2:0 hisobida oldinda.
Alkarazning "Masters" turniridagi navbatdagi raqibi britaniyalik Kemeron Norri yoki amerikalik Jon Izner bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar