21 mar 07:23
Yangiliklar
Karlos Alkaraz: "Rafaning darajasiga yaqinlashdim"
"Qiyin o'yin bo'ldi. Lekin unutmang, uchrashuv Rafaga qarshi edi. O'ylaymanki, kurash teng kechdi. Turnirni yaxshi kayfiyatda yakunladim. O'z darajamdan mamnunman. Birinchi bor kuch sinashganimizda, u meni vayron qilgandi. Endi esa uch set o'ynadik. Rafaning darajasiga yaqinlashdim va bundan juda xursandman.
SHaroit og'ir bo'ldi. Ikkinchi setda shamol xalaqit berdi, biz u bilan kurashdik. Fikrimcha, bu tennis o'yini emas edi. Atmosfera hayratlanarli edi. Uchinchi setda esa ikkimiz ham haqiqatda yaxshi o'ynadik.
Birinchi setda qattiq asabiylashdim. Lekin bundan saboq olaman. Keyingi safar xotirjam, tinchlanib o'ynayman. Rafa bilan matchlarda sovuqqonroq bo'lishingiz, qiyin vaziyatlarda yaxshiroq o'ylashinigiz kerak. Mana bugun nimani o'rgandim", - dedi Alkaraz.
Fikrlar