10 fev 12:26
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/322332_220.jpg)
Karlos Alkaraz yopiq kortdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir ispaniyalik raketka ustasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning uchinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleks De Minaurni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 3/6, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 2, De Minaur 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Karlos faoliyatida ilk bor yopiq kortda o'tkazilgan turnirda chempion bo'ldi. Uning faoliyatidagi umumiy sovrinlari 17 taga etdi. Bir haftalik mehnat Alkarazga 500 reyting ochkosi hamda 449,160 evro mukofot puli keltirdi. De Minaur esa 330 ochko va 241,650 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar