29 dek 10:54
Yangiliklar
Karlsen va Nakamura kechagi pley-off qaroriga keskin fikr bildirishdi
Partiyalar yakunlanishi bilan ko'pchilik Nodirbek Abdusattorovning qo'shimcha koeficentlarga ko'ra rapid yo'nalishida jahon chempioni bo'lganini elon qildi. Lekin tashkilotchilar bu borada shoshilishmadi va o'zgacha qaror chiqarishdi.
Ehtimol, ularning to'rtovi ham qo'shimcha musobaqada o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishlari kerakdir, degan fikrlar ilgari surildi. Ammo, FIDE bunga ko'nmadi va jahon chempioni qo'shimcha ko'rsatkich - Buxgolc koeficenti bo'yicha birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari o'rtasida aniqlanishini haqida qaror qabul qildi.
Tabiiyki, birinchi o'rindan joy olgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hamda ikkinchi o'rin egasi rossiyalik Yan Nepomnyashiyning o'zaro jahon chempionini tay-brekda aniqlashi haqidagi qaror uchinchi hamda to'rtinchi o'rin egalariga yoqmadi.
"Mutlaqo ahmoq qoidalar", - deya amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen o'z fikrini ochiqchasiga ifoda etdi.
"Aqlga sig'maydigan bemanilik", - deya Karlsenning fikrini davom ettirib qo'ydi Nakamura.
"Juda charchadim, lekin dam olish uchun deyarli vaqt yo'q. Boisi, ertaga navbatdagi turnir!", - deya bugungi blic musobaqasiga ishora qilgan Abdusattorov.
Fikrlar