So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

30 iyu 11:02
Yangiliklar

Boshqalar

Karting bo'yicha Xorazm viloyati kubogida saralar aniqlandi + FOTO

Teglar :  XorazmKarting
Mamlakatimizda sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turlariga keng jalb qilish, buning barobarida, ularni jismonan sog'lom ruhda voyaga etkazish yo'lida tegishli ishlar amalga oshirilayotir.

Ushbu say-harakatlar Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislar bo'yicha tayyorlash markazining o'quv-mashq maydonida karting bo'yicha o'tkazilgan Xorazm viloyati kubogining final bosqichi jarayonida ham isbotini topdi.

O'zbekiston respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan uyushtirilgan mazkur musobaqada vohaning eng sara sportchilari dvigatel hajmi 50;  61,5; 125 va 250 santimetr kub bo'lgan karting poygalarida o'zaro bellashishdi.

Natijada, kubok bahslarining uch bosqichi sarhisobi bo'yicha shohsupa quyidagicha ko'rinish oldi:

Dvigatel sig'imi 50 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (7-9 yoshlilar). 1-o'rin. Egamberdi Otajonov (Pitnak shahar O'STK).  2-o'rin. Jalolbek Hayitboev (Xonqa tumani O'STK).  

Dvigatel sig'imi 61,5 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (10-13 yoshlilar). 1-o'rin. Zafarbek Otajonov (Pitnak shahar O'STK). 2-o'rin. Akmal Ilhomov (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Mahmud Xudayberganov (Xorazm VTAST markazi).          

Dvigatel sig'imi 125 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (14-17 yoshlilar). 1-o'rin. Abror Erkinov (SHovot tumani O'STK). 2-o'rin. Nikita Adambaev (Xorazm VTAST markazi). 3-o'rin. Jamshidbek Hayitboev (Xonqa tumani O'STK).   

Dvigatel sig'imi 250 sm3 bo'lgan karting birinchiligi (18 yosh va undan katta yoshlilar). 1-o'rin. Evgeniy Jumaniyazov (Xorazm VTAST markazi). 2-o'rin. Boboxon Nazarov (Xonqa tumani O'STK). 3-o'rin. Ulug'bek Bekniyazov (SHovot tumani O'STK).   

Bu gal umumjamoa hisobida Xonqa tumani o'quv sport texnika klubi kartingchilari yuksak ko'rsatkichga erishishdi. Ular karting sporti bo'yicha ilk bor Xorazm viloyati kubogi sohibiga aylanishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch tumanidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing