06 dek 12:30
Yangiliklar
SHaxmat
Karyakin “Spartak” - “Rubin” uchrashuvini boshlab berdi
Rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakin Rossiya chempionati 17-turi doirasidagi “Spartak” - “Rubin” uchrashuvini to'pni o'yinga kiritish orqali boshlab berdi.
- Ushbu piar yurishni 2012 yilda o'ylab topgandik, - deydi Karyakinning shaxsiy menejeri Kirill Zangalis. – O'shanda “Spartak” bizga ishongan edi. “Spartak” - “Rubin” uchrashuvidagi birinchi zarbani berish uchun taklif qilishganidan xursandmiz.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan ushbu uchrashuvda “Spartak” 2:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi. Karyakin esa bir muddat avval jahon toji uchun kechgan dramatik bahsda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qo'shimcha tay-brekda mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar