So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

24 iyu 09:07
Yangiliklar

Boshqalar

Kasbidagi sport maktabida kutubxona ish boshladi

Bu quvonchli yangilik ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Boisi, Kasbi tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi jaoasi Qashqadaryo viloyatidagi BO'SMlar orasida birinchilardan bo'lib o'z hududida kutubxona tashkil etdi. Qashqadaryo viloyat Turizm va sport boshqarmasi tasarrufidagi mazkur bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Faxriddin Yahyoev tashabbusi va say-harakatlari natijasida ushbu mo'jazgina kutubxona faoliyati yo'lga qo'yildi. 

BO'SM direktorining bolaligidan kitobga oshno bo'lib, shaxsiy kutubxonasida ko'plab badiiy adabiyotlar jamlangan edi. F. Yahyoev dastlab, ushbu kitob jamlanmalarini BO'SMdagi mavjud bo'sh xonalardan biriga joylashtirib, kutubxona shakliga keltiradi. Keyinchalik bu tashabbusni qo'llab-quvvatlovchilar ham ko'payib, ko'pchilik BO'SMga badiiy kitoblar sovg'a qilishadi.

- Kitob mutolaasiga va ularni to'plashga juda qiziqaman, - deydi Kasbi tuman BO'SM direktori F.Yahyoev. - SHu bois qaysi kitob do'konida qiziqarli kitoblar ko'rsam xarid qilib, o'qib chiqaman. SHu qiziqishlarim natijasida uyda anchagina kitoblar to'planib qolgan ekan. Kitobning eng yomoni o'qilmagani, deganlaridek qolganlar ham o'qib, manaviy ozuqa olsin degan umidda mana shu kutubxonani tashkil etdik. Rosti, hozir ko'pchilik telefon, internetga qiziqib ketgan, kitobga qiziqish kam bo'lsa kerak degandim. Yo'q, adashgan ekanman. Hozir kitob o'qish istagidagi yoshlarni, ayniqsa, mashg'ulotlardan bo'shagan o'g'il-qizlarimizning ushbu kutubxonaga kirib, kitob o'qiyotganini ko'rib, hayratda qoldim va boshlagan ishimiz besamar ketamaganligidan mamnun bo'ldik. Hatto, yaqin atrofdagi mahalla odamlari ham kitob o'qish uchun kelishayotgani yanayam quvonarli.

Hozirda ikki mingdan ortiq milliy o'zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotiga, qolaversa, bolalar adabiyoti mansub badiiy kitoblar bilan boyitilgan kutubxonani BO'SM mamuriyati tez orada yanada kengaytirish harakatida ekan. 

Ha, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini yuksaltirib, yaxshilik va ezgulik sari etaklaydi. Demak, Kasbidagi ushbu bolalar-o'smirlar sport maktabida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan o'g'il-qizlar ham o'zlari uchun yaratilgan kutubxonada kitob mutolaa qilgan sari manaviyati yuksalib, tug'ilgan manzil-makoniga, Yurtiga mehr-muhabbatli, oriyati baland, g'ururi osmon kabi komil inson bo'lib voyaga etishiga shubha yo'q!    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi        

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing