16 fev 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis

Kei Nishikorini kim to'xtatadi?
Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Kei Nishikori ortiqcha qiyinchiliksiz ABN AMRO World Tennis Tournament musobaqasining yarim finaliga yo'l oldi. Yaponiyalik tennischining bu galgi “qurboni” Marton Fuchovich bo'ldi.
Nishikori 1 soatu 18 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingning 38-pog'onasidan joy olgan vengriyalik raqibini 6/3, 6/2 hisobida taslim etdi. Endi Kei yarim finalda shveycariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar