23 okt 14:23
Yangiliklar

Keldiyorovaning raqibasi malum, bahsni Ramziddin Saidov boshqardi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa boshlandi.
Hozirgina bellashuvlar o'tkazilayotgan "Laslo Papp" arenasida -52 vazn toifasidagi birinchi davra uchrashuvlaridan biri yakunlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda Diyora Keldiyorovaning ikkinchi davradagi raqibasi aniqlandi.
Ikki karra jahon chempioni, ukrainalik Darya Bilolid turkiyalik Irem Korkmazga qarshi tatamiga chiqdi va qo'shimcha bo'limdagi ochko evaziga g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi. Birozdan so'ng Darya Bilodid - Diyora Keldiyorova bellashuviga guvoh bo'lamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar