06 mar 07:23
Yangiliklar
Tennis
Kenin irodali g'alaba evaziga 1/4 finalga chiqdi
Dunyoning beshinchi raqamli tennis malikasi Sofiya Kenin Franciyaning Lion shahrida davom etayotgan WTA turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
Amerikalik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida reytingning 174-pog'onasidan joy olib turgan ruminiyalik Jaklin Kristianga qarshi bahs olib bordi. Kenin 2 soatu 31 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida raqibasini 6/7(5), 7/5, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
21 yoshli Sofiya bahs davomida 4, uning tengdoshi esa 11 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Kenin Open 6 Sens turnirining chorak finalida franciyalik Osean Dodinga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar