20 dek 08:15
Yangiliklar
Tennis

Kerber - Germaniyada yil sportchisi, Marrey esa Britaniyada
Ayollar va erkaklar o'rtasida dunyoning birinchi raqamli tennischilari o'z mamlakatlarida yilning eng yaxshi sportchilari deb topildi.
Uimbldon turniri g'olibi, Rio Olimpiadasi chempioni Endi Marrey BBC telekanali talqiniga ko'ra Buyuk Britaniyaning 2016 yildagi eng yaxshi sportchisi sifatida etirof etildi.
29 yoshli shotlandiyalik tennischi BBC Sports Personality of the Year (SPOTY) sovrinini uchinchi marotaba qo'lga kiritdi. Marrey ushbu mukofotga 2013 va 2015 yillarda ham loyiq ko'rilgandi.
Malumot uchun, Britaniyada Angliya chempioni “Lester” yil jamoasi, uning ustozi Klaudio Raneri esa yil murabbiyi deb topilgandi.
Bu yilgi tennis mavsumini ko'tarinki ruhda o'tkazib, dunyoning birinchi raketkasi bo'la olgan Angelik Kerber esa esa Germaniyada yil sportchisi deb topildi.
Havola :
Fikrlar