18 fev 18:00
Yangiliklar
Tennis
Kevin Anderson dunyo reytingida "TOP10"ga qaytmoqda
Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Kevin Anderson Nyu-Yorkdagi musobaqa yarim finalidagi g'alabasi orqali dunyo reytingida "TOP10"ga kirib oladi.
U 2015 yilning oktyabr oyida kuchli o'nlikka kirgandi.
"Bu ajoyib. O'nlikka yaqinlashib kelayotganimni bilardim. Ammo, aynan final yo'llanmasi menga bu natijani taqdim etishini bilmagandim. Bu ajoyib ko'rsatkich. Ikki yil oldin men reytingda yuqorilagandim. Ammo, bu uzoq davom etmagandi. Kutilmagan muammolar, jarohatlar paydo bo'lgandi", - dedi Anderson.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar