21 okt 17:58
Yangiliklar

Kichik futbol Katta Asrga kirib keldi!
Futzalga nazar solganimizning yana bir sababi bor. Tez kunda, aniqrog'i
24 oktyabr sanasida mamlakatimizda futzalning yangi mavsumi boshlanadi.
SHu kuni O'zbekiston Futzal Associaciyasi Kubogi bahslariga start beriladi.
Musobaqada respublikaning 20ta jamoasi ishtirok etadi – Oliy Liga
jamoalari bilan birga havaskor jamoalarni ham musobaqada ko'rish mumkin
bo'ladi. Mana buni haqiqiy demokratiya deb atasa bo'ladi! Ammo bu haqda
biroz keyinroq...
Biz bugun futzal terma jamoasi haqida ham
doston bitmoqchi emasmiz. Biz eng konservativ dunyoqarashga ega bo'lgan va
futbol bilan yashaydigan muxlisga mini-futbol o'zi nima ekanini
tushuntirishga harakat qilamiz. Jahon bo'ylab nima uchun aynan futzalga
bunchalik katta etibor qaratilayotgani haqidagi savolga ham javob izlab
ko'ramiz. Odatdagidek, muallifning uslubiga muvofiq, maqolamizni bir necha
sahifaga ajratgan xolda, o'quvchilarimizga havola etamiz. Demak,
boshladik!
I. Afsonalar va oldindan paydo bo'lgan fikrlar
Diqqatimizni
birinchi navbatda futzal sport turini umuman tan olmaydigan va unga
futbolning “kichik ukasi” sifatida qaraydigan odamlarga qaratamiz. Bunday
odamlar talaygina topiladi va ular qatorida futbolda faoliyat olib
boradigan mutaxassislar ham bor. Biz jonimizni jabborga berib futzal
futboldan ustun degan fikrni ilgari surmoqchi emasmiz. Aksincha, maksimal
xolislikni saqlagan holda yopiq inshootlarda o'ynaladigan sport turini
tahlil qilib chiqamiz.
Futzal to'g'risidagi eng ko'p tarqalgan noto'g'ri fikrlar
(Avval ularni sanab o'tamiz, keyin izoh beramiz)
1.
Bu o'yin futbolga naf keltirmaydi: futzaldan futbolga o'tib ketgan
sportchilar deyarli topilmaydi. Teskarisini esa, ko'rish mumkin: ko'pchilik
futbolchilar faoliyati yakunida futzal klublariga o'tib ketadi, negaki u
erda deyarli ter to'kish shart emas. 35-40 yoshda ham futbolda to'plangan
tajriba evaziga futzalda yuqori darajadagi o'yinni namoyish etsa bo'ladi.
2.
Futzaldagi sharoitlar, unga kerak bo'lgan sport anjomlari va o'yin
qoidalari futbolniki bilan keskin farq qiladi. Bazida esa, futzal
to'plari sport majmualarida mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'lgan futbolchilarga
jarohat etkazadi. Sportchilarning texnik tayyorgarligiga putur etadi,
inson organizmi boshqacha to'p va qoplamada o'zgacha ishlaydi.
3.
Sportchilarning 800 kvadrat metrga teng (maydon 40x20m o'lchamga ega)
kichik maydonda fikr yuritish darajasi ancha cheklangan. Deyarli bir gektarga
teng maydonda o'ynaladigan futbolda esa, sportchilarning maydonni ko'rish
qobiliyati ancha yuqori bo'ladi.
4. Psixologik jihat. O'yin kam vaqt mobaynida davom etadi. Sportchi o'yinga to'ymaydi va bundan qoniqish xosil qilmaydi.
SHu
fikrlarning o'ziyoq hali ikkilanib turgan inson uchun etarli. Ayniqsa, bu
“to'g'ri” fikrlar obro'li mutaxassis tomonidan aytilganda, biz ko'plab
iqtidor egalarini yo'qotamiz. Ko'pincha, bunday xolatlarda maqsad juda
oddiy bo'ladi – sportchini futboldan futzalga o'tishiga yo'l qo'ymaslik! Bor
yo'g'i shu. Va bunga qo'shimcha tariqasida mutaxassisning mini-futbolning
barcha turiga - futzal, plyaj futboli va ochiq maydondagi kichik futbolga
bo'lgan salbiy munosabatini aytib o'tsa bo'ladi.
II. Savollarga javoblar
Ko'rsatilgan
4ta band bo'yicha miflarni yo'qotishga harakat qilamiz. Balkim, bazi
insonlarni o'sha konservativ va salbiy qarashlarini ham o'zgartira olarmiz,
kim biladi deysiz. Muallif futzal xaloskori rolini o'ynamoqchi emas, ammo
o'sha salbiy fikrni biroz bo'lsa-da o'zgartira olsak va futzalning ijobiy
tomonlarini ko'rsata olsak – katta yutuqqa erishgan bo'lamiz. Demak, davom
etamiz!
1. Futboli eng rivojlangan davlatlar ko'p yillar
davomida futzalni rivojlantirish bilan cheklanmayapti, ular futzalning
ichida faoliyat yuritishyapti. Bolalar va o'smirlar 14-15 yoshgacha futzal va
futbol o'ynashadi. Qishda ular mahoratlarini yopiq sport inshootlarda, yozda
esa futbol maydonlarida oshirib borishadi. Voyaga etgunga qadar har bir
o'smir o'z yo'lini o'zi tanlaydi, xoh u futbol bo'lsin, xoh futzal. Bugun biz
futzal o'ynab, ajoyib futbolchilarga aylangan Messi, Robino, Ronaldino
kabi ko'plab dunyo yulduzlarini bilamiz. Ana endi taqqoslab ko'ring-chi!
Futzalga
ko'pincha futbol faxriylari o'tib ketadi. Nima uchun? Faoliyatini yakunlash
uchun. Futbolga zallardan ko'plab o'smirlar keladi. Nima uchun? Kuchli o'yin
namoyish etib, ko'p yillar mobaynida faoliyat olib borish uchun!
Farqni
sezyapsizmi? Foizini hisoblash ham esingizdan chiqmasin. Nechta sobiq
futbolchilar futzalda katta yutuqlarga erishgan? Bundaylar sanoqli. Endi
buning aksini olaylik - futzalga qadam qo'yib, futbolda yorqin va katta
yutuqlarga erishgan yosh futbolchilarning soni nechta? Sanashning foydasi yo'q,
chunki bunday futbolchilar sanoqsiz.
2. Futzalda to'plangan
mahoratni sportchilar muvaffaqiyatli tarzda futbolda qo'llaydi. Yosh
o'yinchilarning texnikasi shakllangan bo'ladi, chunki ular kichik maydonlarda
moslashishga ancha qiyin bo'lgan futzal to'plari bilan muomalada bo'ladi.
Futzal to'plari futbolnikidan ancha farq qiladi. Futbol to'plarining o'lchami
5 raqamiga teng bo'lsa, futzal o'ynash uchun 4-raqamli to'plar kerak bo'ladi.
Ushbu kichik to'plar deyarli sakramaydi, aylanma zarbalarga deyarli
bo'ysunmaydi va ko'pincha to'g'ri uchadi. Ushbu to'plardan so'ng, futbol
to'plarida o'ynash anchagina yoqimli bo'ladi. SHu tariqa, futzal to'plari
texnikani shakllantirish va uni rivojlantirishga juda qulay.
3.
Futzal o'yinchisining fikr yuritish qobiliyati ancha tezlashadi, bunga uni
kichik maydon o'rgatadi va majbur qiladi. Tezkor fikrlash o'yin davomida ko'p
kerak bo'ladi. Bunga sabab qilib esa, yana o'sha maydonning hajmini
ko'rsatib o'tsak bo'ladi, chunki kichik maydonda raqib darvozasiga qadar
masofa ancha kam va darvozabondan tashqari yana 4ta o'yinchini dog'da qoldirish
uchun imkoniyatlar ancha cheklangan. Buni amalga oshirish uchun esa
sportchilarga tezkorlik kerak - ham harakatda, ham fikrlashda. Futzalda
har bir xato qimmatga tushishi mumkin. Masalan, futbol maydonini o'rtasida
siz to'pni raqibga oldirib qo'ysangiz, sizning darvozangizga qadar yana 50
metr masofa bo'ladi va himoyachilar sizning xatoingizni to'g'rilashga ulgurishi
mumkin. Futzalda esa bunday imkoniyatning o'zi yo'q. SHu sababli ham futzal
murabbiylari ko'pincha eng tezkor, texnik mahorati yuqori bo'lgan
futzalchilar bilan birga, masuliyatni his qiladigan o'yinchilarga ishonch
bildirishadi. Bunday o'yinchilar xatoga yo'l qo'ygan xolatlarda uni
to'g'rilashga harakat qilishadi.
4. Futzalning yana bir katta
plyusiga etiborni qarataylik. Ushbu sport turida tarkibda kuchli raqobat
bo'ladi. O'yin qaydnomasiga kiritilgan 14ta futzalchidan ko'p xolatlarda 2ta
to'rtlik harakat qiladi. Futzalda har safar boshlang'ich to'rtlik bo'ladi va
yana mahorat bobida asosiy to'rtlikka yaqin bo'lgan 1-2 futzalchi gohida
o'yinning 50 foizi va undan ko'pini maydonda o'tkazadi. Ushbu holatda
raqobatchilik foizi futbolnikidan oshadi. Masalan, futboldagi asosiy
tarkibda tushadigan 11/18 ko'rsatkichi 61 foiz degani, futzaldagi barchadan
ko'p o'ynaydigan 14tadan 6ta sportchi esa bor yo'g'i 42 foiz degani. Yani,
tarkibdagi raqobat futbolnikidan kuchliroq.
Bunday sinovga hamma
ham bardosh bera olmaydi, faqatgina irodasi kuchli o'yinchilargina bu
sinovdan o'ta oladi. Bu erda gap professional darajadagi futzal to'g'risida
ketyapti. Axir biz bir marotaba Jahon chempionatida ishtirok etib,
yo'limizdan qolishimiz kerak emas, shunday emasmi? Demak, biz kuchli
professionallarni tayyorlashimiz kerak. Bizda bunga imkoniyat ham
qobiliyatli o'yinchilar ham topiladi.
III. Pauza va anons
O'quvchini
katta xajmdagi maqola bilan qiynab qo'ymaslik uchun, muallif uni bir necha
qismga bo'ladi. Bugun biz futzalni futbol fonida ko'rsatib berishga
harakat qildik va unga bo'lgan etibor to'g'risida gapirdik. Bizning eng
to'g'ri yo'l II bobning birinchi qismida keltirilgan.
Maqolani
yakunlashdan oldin yana bir jihatda to'xtalib o'tamiz. Agar futzal o'ynash uchun
jismoniy noqulayliklar, mushaklarning boshqacha ishlashi xalaqit bersa,
buning echimini topish juda oson. Maslahatimiz – oyoq kiyimga etibor
qarating.
Zalda futbol o'ynash uchun maxsus butsilar yoki kedalar
bor. Ularning tagcharmi mustahkam bo'lib, tovon tarafi qalinroq bo'ladi.
Ushbu oyoq kiyimda siz mushaklaringizga qo'shimcha bosim bermaysiz va ularni
to'g'ri ishlashiga yordam berasiz.
Agarda siz to'p surayotgan sport
inshootida harorat sovuq bo'lsa, sizga isituvchi mazlar kerak. Ular sizni
ko'p jarohatlardan saqlaydi. Havo harorati juda ham sovuq bo'lsa, sizga
oddiy ko'chada buvijonlar sotadigan junli pataklar yordam beradi. Ularni
oyoq kiyimingiz ichiga joylashtirib oyoq va tovonlaringizni maz bilan
sursangiz, siz o'yin davomida o'zingizni juda ham qulay tarzda his
qilasiz.
Ishonmasangiz, professional futzalchilardan so'rang!
---
Butun
dunyoda futbolga qiziquvchilarning soni futzalga qiziquvchilar sonidan
ancha ko'p. Har doim shunday bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Ammo
futzal bugungi holatida yanada ko'proq etiborga loyiq. Bu haqiqatdan ham
KATTA o'yin. Agar biz farzandlarimizni yoshligidan futzal to'garaklariga
berib boshlasak, futzal futbolga juda katta foyda keltirishi mumkin. Barcha
bolakay va qizaloqlarni futzalga chorlaylik. Bu haqda esa keyingi qismda
so'z yuritamiz. SHuningdek, Futzal Associaciyasi Kubogi va O'zbekiston
chempionati to'g'risida ham fikr yuritamiz.
Muallif: Dmitriy Popov
Fikrlar