04 may 09:50
Yangiliklar
Tennis

Kim chorak finalda, SHaripova, Maslenkova to'xtatildi
Qozog'istonning Almati shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Almaty Open musobaqasining asosiy to'rida 4 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan faqat bir nafari chorak finalga etib keldi.
Elina SHaripova ikkinchi bosqich uchrashuvida turnirning birinchi raketkasi rossiyalik Kseniya Domninaga 3:6, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Turnirda 7-raqam ostida harakat qilayotgan hamyurtimiz Yuliya Kim esa qozog'istonlik Vladlena Samenkovadan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar