26 avg 10:55
Yangiliklar
Futbol

Kiray – o'tgan mavsumning eng yaxshi seyvi muallifi!
UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo'li orqali o'tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi.
Jumladan, mavsumning eng yaxshi seyvi nominaciyasida Vengriya terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Gabor Kiray g'olib bo'ldi. Vengriya ilk bor Evro-2016da ishtirok etgan va uning tarkibida Kiray chempionat qahramoniga aylangan edi.
Aynan mana shu turnirda Gabor Belgiya terma jamoasiga qarshi kechgan guruh uchrashuvida ajoyib seyv, yani to'p qaytarishni amalga oshirgandi. U Kevin De Bryuynening jarimadan tepgan to'pini bartaraf etgan edi. Mana shu seyv 34.5% ovoz to'pladi.
Ikkinchi o'rinni Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeevning Angliya bilan o'yindagi seyvi egalladi. Kuchli uchlikka afsonaviy Janluidji Buffon yakun yasadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar