11 iyu 12:44
Yangiliklar

Kit Turman o'zini eng zo'r deb hisoblaydi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA Super kamari sohibi Kit Turman o'zini o'z vazn toifasida eng zo'ri deb hisoblaydi.
«Menga kim bilan jang qilishni umuman ahamiyati yo'q. SHon Porterga qarshi jangim "yil jangi" deb elon qilingan. Denni Garsiyaga qarshi bahsda esa muxlislar juda ajoyib shouni guvohi bo'lishgan. Men ringda eng kuchlilar bilan jang qilishga tayyorman. Pakyao, Spens yoki Krouford- barchasiga qarshi jang qilmoqchiman. Hozirgi vaqtda men yarim o'rta vazn toifasidagi eng kuchli bokschiman»,-dedi Turman.
Eslatib o'tamiz, Turman-Pakyao jangi 20 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar