31 iyu 11:11
Yangiliklar
Tennis
Kitcbyuel turniri bosh sovrini Ispaniyaga ketadigan bo'ldi
Avstriyaning Kitcbyuel shahrida o'tkazilgan ATP turniri ispaniyalik Roberto Bautista-Agutning g'alabasini bilan yakuniga etdi.
Dunyoning 20-raketkasi bo'lib turgan Roberto hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 205-pog'onadan joy olgan Filip Misolichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi – 6/2, 6/2.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Bautista-Agut 1 ta eys, 1 ta qo'shxato va 4 ta breyk qayd etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi eji. Bautista-Agut faoliyatidagi 11-sovrinini qo'lga kiritdi.
Kitcbyueldagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 41,145 evro, Misolichga esa 150 ochko va 29,500 evro taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar