25 dek 08:20
Yangiliklar
Tennis

Kiz Australian Open musobaqasida qatnasha olmaydi
Amerikalik tennischi Medison Kiz yilning to'rtta nufuzli musobaqasidan dastlabkisi xisoblangan Australian Open turnirida ishtirok etmaydi.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Singapurda o'tgan yilning Yakuniy WTA turniridan so'ng jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan edi. Jarohatdan tiklanish esa malum bir vaqtni oladi.
Medison o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'ida operaciyadan so'ng o'zini yaxshi xis qilayotgani, lekin Avstraliya Ochiq chempionatigacha tayyor bo'la olmasligini yozgan.
Eslatib o'tamiz, Kiz ikki yil avval Australian Open turnirining yarim finaliga qadar etib borgandi. O'shanda Medison 19 yoshda bo'lgan.
Havola :
Fikrlar