29 iyu 14:29
Yangiliklar
Futbol
Klopp APLning yangi mavsumida kim favorit ekanligini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining kelasi mavsumi haqida gapirib o'tdi.
Nemis murabbiyining so'zlariga ko'ra, kelasi mavsum oldingisidan farq qiladi. CHempionlik uchun faqatgina ikki klub emas, bir necha klublar kurash olib borishadi.
"Yangi mavsum oldingisiga o'xshaydimi? Albatta yo'q. O'tgan yilda ikki ot poygasiga guvoh bo'ldik, ammo APLda yaxshi klublar juda ham ko'p. "SHaharliklar"ni takidlagan bo'lardim. Ular favorit, qolganlar esa ularni mag'lub etishga harakat qilishadi, biz ham shundaylardanmiz", - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining 2018/19 yilgi mavsumida "Manchester Siti" g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar