25 dek 11:39
Yangiliklar
Futbol

Klopp yanvarda yangi o'yinchi kelishi mumkinligini inkor qilmadi
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp qishki transferlar chog'ida o'yinchi sotib olish mumkinligini inkor qilmadi.
“Yanvarda yangi o'yinchilar keladimi? Men hozirgi o'rnimizni kuzata turib, juda ham baxtliman. Ammo bu savolga javob bera olmayman. Men eshikni ochiq tutib turibman. Agar nimadir sodir bo'lsa, yangi o'yinchilarni izlash lozim bo'ladi.
Oldinda juda ko'p o'yinlar mavjud va ularni ham hisobga olib qo'yish kerak. Bordiyu hammasi oldingidek qoladigan bo'lsa, biz hech narsa qila olmaymiz”,— dedi Klopp.
Havola :
Fikrlar