26 dek 18:23
Yangiliklar
Futbol

Kokorin va Mamaev qamoqda futbol o'ynaydi
Moskva jamoa nazorat qo'mitasi raisining o'rinbosari Eva Merkachevaning so'zlariga ko'ra, Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaev qamoqdagi qo'riqchilar bilan futbol o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Kokorin va Mamaev 8 oktyabr kuni Moskvada ikkita janjal ketltirib chiqargan edi. Buning oqibatida 3 kishi jabrlandi. Sud jinoyatchilarga 2 oy qamoq jazosi tayinlagandi, keyinroq bu muddat yana 2 oyga uzaytirildi.
"Uchrashuv Yangi yil bayramidan keyin bo'ladi. Bahs 8-9 yoki 10 yanvar kuni o'tkazilishi mumkin, hozircha bir to'xtamga kelishmagan. Hamma o'ynaydi, ammo bir necha tarkibga bo'lingan holda.
Birinchi tarkibda Kokorin bo'lsa, ikkinchisida Mamaev to'p tepadi" - deydi Merkacheva.
Havola :
Fikrlar