19 fev 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kolbi Kovington: "Men chempionlik jangiga loyiqman. Nega qo'rqoq Masvidalga yana imkon berilishi kerak?"
Amerikalik UFC jangchisi Kolbi Kovington Kamaru Usmanga qarshi revansh o'tkazish niyatida ekanligini bildirdi.
"CHempionlik jangiga aynan men loyiqman. Oxirgi jangimda sobiq chempionni shunchaki yanchib tashladim. Mag'lubiyatimdan so'ng men qaytdim va kuchli jangchini mag'lub qildim. Masvidalchi?
Xorxe shunchaki yana bir katta gonorarni o'ziniki qilmoqchi, uning jangini xech kim kutayotgani yo'q. Ko'rasiz, u yana mag'lubiyatga uchraydi.
Umuman, nega qo'rqoq Masvidalga yana imkon berilishi kerak? U ochiqchasiga Usman bilan jang qilishdan qo'rqyapti", - dedi Kolbi Kovington.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar