28 sen 18:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Kolbi Kovington: Xabib men kabi jangchilar sabab yarimo'rta vaznga o'tishni xohlamaydi
UFC ning yarimo'rta vazn toifasidagi birinchi raqamli jangchi Kolbi Kovington Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirdi.
"Bu bahs ajoyib bo'ladi. Getji oxirgi paytlarda yaxshi janglar o'tkazmoqda. U xotirjam kurash olib boradi. Jastibda Xabibni to'xtatish uchun etarlicha kurash tajribasi bor.
Xabib menga o'xshagan raqiblar bilan ko'rishmaslik uchun bu vaznga ko'tarilishni xohlamasligini yaxshi bilaman. U parterda meni sindira olmasligini biladi. Turgan holda esa unga juda og'ir bo'ladi.
Ushbu jang Xabib uchun parterda tengma-teng kurasha oladigan raqibga qarshi birinchi sinov bo'ladi. Buni ko'rish qiziq boladi",-dedi Kolbi Kovington
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar