So’nggi yangiliklar

18:33Таэквондо. Ўзбекистон Жаҳон чемпионатида навбатдаги медалга эга бўлди 0 18:05Осиё чемпионлар лигаси формати ўзгармоқда, “Насаф” ҳам мусобақада қатнашиши мумкин 0 17:43"Менга локацияни юборинг". Анкалаев UFC'га мурожаат қилди 0 17:17Тайсон Фьюри: "Жошуа билан жанг учун шартнома имзолаганман" 0 16:40Пауло Коста: "Агар UFC хоҳласа, камар учун 93 кг.да қоламан" 0 16:16Ўзбекистоннинг U-17 Осиё Кубогига борадиган таркиби аниқ 0 15:39Жон Жонс: "Мен ёмондан кўра кўпроқ яхши инсонман" 0 15:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг қозоғистонлик рақибга қарши янги жанг санаси расман маълум қилинди (ПОСТЕР) 0 14:56UFC рейтинги. Богдан Гусков икки поғона пастлади, Пауло Коста ундан юқорига жойлашди 0 14:26Ана холос! "Пахтакор" Аҳмедов шарафига "музлатилган" рақамни ёш дарвозабонига берди 0 14:02Собиқ чемпион Чимаев — Стрикленд жангига тахмин берди 0 13:38Пауло Коста: "UFC билан шартнома бўйича охирги жангим қолди" 0 13:16"Анкалаев кейинги даъвогар бўлиши керак" - Камару Усман 0 12:45Ҳарри Кейн топ-5 лигаларда рекордни такрорлади 0 12:19Флойд Мейвезерга нисбатан 105 минг долларлик даъво аризаси киритилди 0

04 may 11:06
Yangiliklar

Kollej o'quvchilari “Alpomish va Barchinoy” testlarini topshirishdi

“Alpomish va Barchinoy” test-meyorlari orqali jismoniy imkoniyatlarimiz qay darajada ekanligini oson bilishimiz mumkin.

Buning uchun test-meyorlarida yoshimizga doir shartlarni bajarsak kifoya. Agar shartlarini meyorida bajara olsak, demak sog'lom va baquvvatmiz. 

CHirchiq texnika kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan o'g'il-qizlar, ustoz-murabbiylar ham kollejdagi sport maydonchalarida jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

CHinakam sport bayramiga aylangan mazkur “Alpomish va Barchinoy” sinovlarida ishtirokchilar turnikda tortilish, granata uloqtirish, 100 metrga yugurish, yotgan holda tanani ko'tarish va arg'imchoqda sakrash shartlarini bajarishdi. 

Quvonarlisi, mazkur shartlarni deyarli barcha ishtirokchilar yuqori baho bilan topshirishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, kollejda sport ishlari doim etiborda.

Amangul YUSUPBAEVA, CHirchiq texnika kasb-hunar kolleji jismoniy tarbiya rahbari: 

- Asosiy maqsadimiz - yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib qilib, ommalashtirishdan iborat. Ananaga aylangan ushbu test- meyorlarida o'qituvchi va o'quvchilarimiz zo'r ishtiyoq bilan qatnashishadi. Meyorlarni bajarolmagan ishtirokchi jismoniy holatini kuchaytirishi uchun yanayam sportga oshno bo'ladi. 

SHuningdek, kollejimizda voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka to'garaklari yo'lga qo'yilgan bo'lib, mazkur to'garaklarda ishtirok etayotgan o'quvchilarimiz turli musobaqalarda sovrinli o'rinlarni ham band etishmoqda. “Barkamol avlod” sport o'yinlaridan joy olgan basketbol bo'yicha jamoamiz respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Hozirda tayyorgarlik avjida.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing