26 noy 11:05
Yangiliklar
Futbol

Konfederaciyalar Kubogi-2017. Sovrin jamg'armasi 20 mln dollar
Konfederaciyalar kubogi tashkiliy qo'mitasi raisi Vitaliy Mutko musobaqa sovrin jamg'armasi 20 million dollarga teng bo'lishini malum qildi.
Bu pullar musobaqada ishtirok etadigan 8 jamoaga bo'lib beriladi. 2 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan finalda g'olib chiqqan jamoa 4,1 million dollar oladi, finalda yutqazgan jamoa esa 3,6 millionga ega bo'ladi.
Uchinchi o'rin sohibi 3 million, to'rtinchi o'rinni egallagan jamoa 2,5 million ishlab topadi. Yarim finalga chiqa olmagan qolgan 4 jamoaning har biriga 1,7 million topshiriladi.
Konfederaciyalar kubogi 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar