29 iyu 10:05
Yangiliklar
Futbol
Konfederaciyalar kubogi. Bugun ikkinchi finalchi malum bo'ladi
Bugun Rossiyada o'tayotgan Konfederaciyalar kubogi musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Sochida Jahon chempioni Germaniya terma jamoasi SHimoliy Amerika chempioni Meksikaga o'ynaydi. Yoaxim Lev boshchiligidagi yosh jamoa Meksikaning asosiy tarkibiga qarshi qanday karomat ko'rsata olarkin? O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Kecha birinchi yarim final Portugaliya va CHili o'rtasida bo'lib o'tgan va unda CHili penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi.
GERMANIYA - MEKSIKA
29 iyun. Sochi. "Fisht" stadioni. 23:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam - Nestor Pitana (Argentina).
Havola :
Fikrlar