22 okt 06:42
Yangiliklar
Konkur bo'yicha O'zbekiston kubogi shaxsiy birinchiligi bo'lib o'tdi
Keskin va murosasiz kechgan bahslar davomida ko'pchilikning diqqat-etibori 150 santimetrli balandlikdan sakrash bahslarga qaratilgani, shubhasiz. Ushbu yo'nalishda Bekzod Qurbonov barcha raqiblaridan yuqori natija qayd etib, yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, turli yo'nalishlarda Nurjan Tuyakbaev, Mirauf Adilov, Abdushukur Sobirjonov, Isajon Sodiqov va Zokir To'rajonov ham musobaqa g'olibiga aylandi. Batafsil:
• 1 Kategoriya (7 va undan katta yoshdagi otlar) – Nurjan Tuyakbaev
• 2 Kategoriya (5-7 yoshdagi otlar) – Mirauf Adilov
• 3 Kategoriya (umumiy) – Mirauf Adilov
• 4 kategoriya (2004-2007 yillarda tug'ilgan bolalar) – Zokir To'rajonov
• Ikki fazali to'siqlardan sakrash (125 sm) – Isajon Sodiqov
• 130 santimetrli to'siqlardan sakrash – Ibrohim Yo'ldoshev
• 150 santimetrli to'siqlardan sakrash – Bekzod Qurbonov
Fikrlar