31 avg 07:30
Yangiliklar
Futbol

Konoplyanka faoliyatini ijara asosida “SHalke”da davom ettiradi
Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka Germaniyaning “SHalke” klubiga ko'chib o'tdi.
Gelzenkirxenliklar Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi futbolchisini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishdi. 26 yoshli Konoplyanka yangi jamoasida 11-raqamni tanladi.
Avvalroq, “SHalke” bir yildan so'ng futbolchi uchun 14-16 mln evro to'lashi haqida xabarlar chiqqandi.
Havola :
Fikrlar