12 noy 15:01
Yangiliklar
Tennis
Sevil Yuldasheva Tailanddagi W15 turnirini g'alaba bilan boshladi
Tailandning Xuaxin shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida ITF W15 turniri start oldi.
Musobaqada o'zbekistonlik raketka ustasi Sevil Yuldasheva ham ishtirok etyapti.
23 yashar hamyurtimiz bugun turnirning ilk davrasida WTA reytingida 1060-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Yui CHikaraishi bilan bahs olib bordi. Ikki set davom etgan o'yin hisob 1:1 ekanida yakunlandi. Yapon tennischisi bahsni davom ettira olmagani sababli g'alaba Yo'ldoshevaga berildi.
Sevil endi nimchorak final bosqichida Tailand vakilasi Pingtarn Plipuech bilan to'qnash keladi. 32 yoshli Plipuech WTA reytingida 832-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar