11 okt 14:21
Yangiliklar
"Ko'p gapiryapsan". Beterbiev Bivolning promouteri Xirnni jangga chorladi
Ular matbuot anjumanida tortishib qolishdi.
Avvalroq Xirn Beterbievni media borasida faolroq bo'lishga chorlagandi. Matbuot anjumani boshlovchisi esa Arturlan Eddini urish haqida so'radi.
Beterbiev: Sen Eddini urishimni istaysanmi?
Xirn: Mendan havotirlanma. Nima qilib bo'lsa ham, avval Bivoldan o'tishing kerak.
Beterbiev: Nima uchun o'zingni bunday tutyapsan?
Xirn: Dmitriy seni tinchitganidan so'ng, sen men uchun oson ishga aylanasan.
Beterbiev: U bilan masalani hal qilishim shart ham emas. Buni ertaga hal qilamiz. Sen bilan esa bugun ham gaplashaveramiz.
Xirn: Ertaga jang emas, vazn o'lchash marosimi.
Beterbiev: Balki bugun ham. Ammo sen ko'p gapiryapsan.
Xirn: Mening ishim shunday. Bu narsa senga ham zarar qilmagan bo'lardi...
Eslatib o'tamiz, Beterbiev va Bivol o'rtasidagi jang ertaga, 12 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Fikrlar