08 iyu 12:51
Yangiliklar
Futbol
Kopa Amerika-2019. Musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi
Xabaringiz bor, Braziliya terma jamoasi Kopa Amerika-2019 finalida Peruni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Alisson musobaqaning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi. Futbolchi finalga qadar bitta ham gol o'tkazmadi. Uning quruq o'yinlar ceriyasi 889 daqiqani tashkil etdi. Alisson Paolo Gerreroga qadar (Peru vakili penaltidan Alisson qo'riqlagan darvozaga gol urdi) so'nggi bor 4 may kuni “Nyukasl” bilan bahsda gol o'tkazgandi.
Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi esa 36 yoshli Dani Alves bo'ldi. U 6 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. “Gremio” azosi Everton bo'lsa, musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. U 6 ta o'yinda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.
Havola :
Fikrlar