14 iyu 20:42
Yangiliklar
Futbol
"Kopa Amerika" oldidan Braziliya terma jamoasi azosi jarohat oldi
Braziliya terma jamoasi darvozaboni Ederson jarohati tufayli jamoa mashg'ulotlarini yakunlay olmadi.
25 yoshli "Manchester Siti" posbonining o'ng son muskullari jarohat oldi. Uning sog'ayishi 5 kundan 7 kungacha vaqt oladi. Bu vaqt uning tiklanishi uchun etarli bo'lishi kerak.
Ko'rinib turibdiki, Ederson "Kopa Amerika"ning bitta yoki ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi. Uning o'rnini "Liverpul" posboni Alisson egallashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ederson va "Manchester Siti" yakunlangan mavsumda Angliyadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar