07 iyu 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme: "Dastin hali katta janglarda qatnashishi kerak"
UFC sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, Dastin Pore faoliyatini davom ettirishi kerak.
"Uning ketishini istamayman. Bilmayman. Lekin u katta janglarda qatnashishi kerak deb hisoblayman. Hozir u diqqat-markazda va bu orqali ko'p pul ishlasa bo'ladi.
Dastin endi 35 yoshda va hali ko'p shug'ullana oladi. Balki muntazam ravishda jang qilmas, ammo davom ettirish mumkin. Lekin agar ketsang, boshqa qayta olmaysan.
U juda yaxshi jang qildi, bunaqasi anchadan beri bo'lmagandi. Maxachev bilan jangda Sen-Deni bilan bahsga qaraganda yaxshiroq ko'rindi. Bu Dastin va uning murabbiylarining mehnati", - dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar