30 iyu 20:30
Yangiliklar
Koronavirus bilan bog'liq holat tufayli uchinchi tennischi Uimbldon-2022ni tark etdi
«Bugun men «Uimbldon» tashkilotchilariga kovid uchun topshirgan testim ijobiy chiqqani haqida xabar berdim. Yaxshiyamki, alomatlar juda og'ir emas. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Tez orada qaytishga umid qilaman», — deb yozdi Bautista-Agut o'zining Twitter sahifasiga.
Bugun Bautista-Agut turnirning ikkinchi davra uchrashuvini Daniel Elaxi Galanga qarshi o'tkazishi kerak edi. Ammo ushbu holat tufayli kolumbiyalik tennischi uchinchi bosqichga kurashsiz chiqadigan bo'ldi. Uchinchi dvrada u Denis SHapovalov (Kanada) - Brandon Nakashima (AQSH) juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Roberto Bautista-Agut kovid tufayli turnirni tark etgan uchinchi tennischi bo'ldi. Oldinroq xorvatiyalik Marin CHilich va italiyalik Matteo Berrettini kasallik belgilari tufayli turnirdagi chiqishlarini to'xtatgan edi.
Fikrlar