03 fev 15:30
Yangiliklar
Futbol

Koronavirus sabab futzal bo'yicha Osiyo chempionati boshqa sanaga ko'chirildi
Xabaringiz bor, shu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo'lib o'tishi lozim edi.
Afsuski, Xitoyda tarqalgan Koronavirus sabab musobaqa nomalum muddatga qoldirildi. OFK jarayonni kuzatib boradi va OCHni o'tkazish uchun yangi sanani vaziyatga qarab elon qiladi.
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'z kanaliga bu haqdagi rasmiy malumotni joyladi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida 16 terma jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston MTJ "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.
Qitaning eng kuchli 5 jamoasi Litvada bo'lib o'tadigan to'qqizinchi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar