23 mar 09:38
Yangiliklar
Formula-1
Koronavirusga chalingan ikki kishi bilan muloqotda bo'lgan Xemilton test topshirishdan bosh tortdi
"Formula-1" chempioni Lyuis Xemilton koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi.
Britaniyalik poygachi koronavirusga chalingan ikki kishi - aktyor Idris Elba hamda Kanada bosh vazirining rafiqasi Sofi Greguar-Tryudo bilan muloqotda bo'lgan edi.
Xemilton bu qarorini o'zida hech qanday kasallik alomatlari sezilmagani bilan izohladi.
"Men Sofi va Idris mehmon bo'lgan tadbirda ishtirok etdim. Ularning har ikkisi ham koronavirusga chalingan ekan. Lekin o'sha uchrashuvga ham 17 kun bo'ldi. Hozir menda hammasi joyida. O'zimni har qachongidan ham sog'lom his qilyapman. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapman", - dedi Xemilton.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar