19 may 10:14
Yangiliklar
Tennis
Koronavirusga chalingan so'nggi bemor US Open kortini tark etdi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati o'tkaziluvchi markaziy kort vaqtinchalik gospitalga aylantirilgan edi.
Nyu-Yorkdagi Milliy tennis markazidagi Billi Jin King korti koronavirusga chalingan bemorlar uchun gospital vazifasini bajarayotgandi.
Kecha so'nggi bemor US Open sport majmuasini tark etdi. Gospital mart oyida 12 ta kort o'rnida ochilgan bo'lib, jami 470 nafar bemorning koronavirusdan xalos bo'lib ketishi uchun xizmat qildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar