28 jan 18:03
Yangiliklar
Tennis

Kostyuk - Australian Open-2017 g'olibasi!
Ukrainalik tennischi Marta Kostyuk Avstraliya Ochiq chempionatining qizlar o'rtasidagi musobaqasi g'olibasiga aylandi.
Kostyuk hal qiluvchi final uchrashuvida shveycariyalik Rebeka Masarovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda ukrainalik tennischi raqibasini 7:5, 1:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
14 yoshli Marta musobaqaning birinchi raqamli tennischisini mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Australian Open-2017 g'olibasi finalga qadar hindistonlik Makax Jaxin, yaponiyalik Naxo Sato, britaniyalik Jodi Barreyj, Xitoy Taypeyi vakilasi Lyan Enshuo hamda rossiyalik Elena Ribakinadan ustun keldi.
Australian Open. Qizlar. Final
Marta Kostyuk (Ukraina, 11) – Rebeka Masarova (SHveycariya, 1) 7:5, 1:6, 6:4
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar