27 noy 14:30
Yangiliklar
Futbol

Koutino jarohat olib, nomalum muddatga safdan chiqdi
“Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohat olib, nomalum muddatga safdan chiqdi.
Braziliyalik futbolchi Angliya chempionatining 13-turi doirasidagi “Sanderlend” klubiga qarshi kechgan uchrashuvning 32-daqiqasida jarohat oldi.
“Sanderlend” yarim himoyachisi Dide Ndonga 24 yoshli Filippening oyog'iga zarba berib, jarohat etkazdi. O'yinning 34-daqiqasida Koutino o'z o'rnini Divok Origiga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.
Hozircha futbolchining qancha muddatga safdan chiqqani malum emas. Tibbiy tekshiruvdan so'ng bunga oydinlik kiritiladi.
Malumot uchun, braziliyalik futbolchi bu yilgi mavsumda Premer-liganing 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol kiritishga va 5ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Fikrlar