27 okt 18:00
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/21578_220.jpg)
Koutino "Xaddersfild"ga qarshi o'ynamaydi
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohat oldi.
Futbolchi jarohati tufayli "Xaddersfild"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 10-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Uchrashuv 28 oktyabr kuni "Enfild"da bo'lib o'tadi.
Tekshiruv davomida 25 yoshli yarim himoyachining qornidagi mushaklarida muammo borligi aniqlandi. Filippe Koutino "Maribor"ga qarshi CHempionlar ligasining 4-tur uchrashuvida ham ishtirok eta olmasligi mumkin.
Joriy mavsum braziliyalik futbolchi APLning 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar