29 noy 10:30
Yangiliklar
Futbol

Koutinoning 5-6 haftaga safdan chiqqani malum bo'ldi
“Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohati sabab 5 yoki 6 haftaga safdan chiqdi.
Kecha braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natija esa murabbiylar kutganidan yomonroq chiqdi.
Koutino Angliya chempionatining 13-turi doirasida “Sanderlend” (2:0) klubiga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgan edi. “Liverpul” murabbiylari 24 yoshli Koutinoning 15 yanvar kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi kechadigan o'yingacha safga qaytishiga umid bildirishmoqda.
Havola :
Fikrlar