20 jan 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytyapti. Raqib va jang sanasi malum
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytayotganini malum qildi.
Rossiyalik bokschining navbatdagi raqibi Men Fanlun bo'ladi. Ushbu jang 12 mart kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli bokschi 2019 yilning noyabr oyida Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tarilib, mag'lub bo'lgan edi. Uning hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievga qarshi jangi rossiyalikning dopingi sabab amalga oshmay qolgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar