30 sen 20:17
Yangiliklar

Kovington va Masvidal o'zaro jang qilishni kelishib olishdi: Bahs raqamli turnirning markaziy jangi bo'ladi
"Bu bahs raqamli turnirning markaziy jangi bo'ladi, bunga hech qanday shubha yo'q. Biz UFCning eng taniqli jangchilaridanmiz. Men UFC bilan kelishdim, barcha talablarim qondirildi, men jangga tayyorman. Endi barchasi Masvidalga bog'liq.
Tayron Vudli bilan jangimdan so'ng Dana Uayt yonimga kelib "Biz sen va Masvidalning jangini tashkil qilmoqchimiz",-dedi. Men bu taklifni o'sha zahoti qabul qildim.
Meni tayyorligimni Masvidal biladi. Endi faqatgina uning qaror qabul qilishi qoldi. Xorxe esa qo'rqyapti. U meni soyamdan ham qo'rqadi. SHu sababli, kim bilsin, u oktagonga chiqmasligi ham mumkin. Agar u shunday qilsa, men uni Mayami ko'chalarida kaltaklashimga to'g'ri keladi",-dedi Kolbi Kovington.
Fikrlar