10 avg 08:30
Yangiliklar
Tennis

Koza Wos Cup. Kamolada g'alaba, Layloda esa mag'lubiyat
Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollardan iborat bo'lgan ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch hamyurtimiz - Arina Folc, Laylo Bahodirova va Kamola Umarova ishtirok etayotgandi.
Ulardan Folc ilk davrada bolgariyalik Nevena Georgievaga yutqazib qo'ydi. Arinadan so'ng Bahodirova ham o'z ishtirokini to'xtatdi. Laylo turkiyalik Ipek O'zga 0:6, 3:6 hisobida engildi.
Endi Turkiyadagi turnirda birgina Kamola Umarova o'z yurishini davom ettiradi. U rossiyalik Anastasiya Bursadan 6:2, 2:6, 6:2 hisobida ustun keldi. Kamolaning chorak final yo'lidagi raqibasi turnirning uchinchi raketkasi, turkiyalik Berfu CHengiz bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar