28 noy 07:45
Yangiliklar

“Krasnodar” qo'shimcha daqiqalarda “Zenit” ustidan irodali g'alabaga erishdi
Uchrashuvning so'nggi daqiqalari dramatik ko'rinish xosil qildi. 86-daqiqada Dzyuba “Zenit”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqa boshlanganda Marat Izmaylov muvozanatni tikladi.
Qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada esa Okriashvili super gol muallifiga aylandi. Uning qaychi uslubida tepgan to'pi “Krasnodar”ga irodali g'alabani taqdim etdi.
G'olib jamoa tarkibida hamyurtimiz Odil Ahmedov ham g'alabaga munosib ulush qo'shdi. Terma jamoamiz sardori 58-daqiqada Labordening o'rniga maydonga tushirildi. Ushbu g'alabadan so'ng “Krasnodar” 27 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
KRASNODAR – ZENIT 2:1 (0:0, 2:1)
“stadion Krasnodar”
Gollar: 0:1 – 86 Dzyuba, 1:1 – 90 Izmaylov, 2:1 – 90 Okriashvili.
“Krasnodar” – Sinicin, Grankvist, Naldo, Enjeychik, Izmaylov, Gazinskiy (Bistrov, 83), Torbinskiy, Kabore, Laborde (ODIL AHMEDOV, 58), Joaozino (Okriashvili, 63), Smolov.
“Zenit” – Lodigin, Netu, Novoselcev, Krishito, Vitcel, Jirkov (CHernov, 78), Juliano, Garsiya, Mak (Maurisio, 88), Kokorin (Kerjakov, 84), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Vitcel (45), Laborde (49), Enjeychik (75), Garsiya (80), Izmaylov (85), Torbinskiy (90), Dzyuba (90).
Fikrlar