So’nggi yangiliklar

00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0

19 mar 13:28
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket federaciyasi Tashkent Perfect University bilan hamkorlik Memorandumi imzoladi

Teglar :  Aziz MixlievKriket
O'zbekiston kriket federaciyasi mamlakatimizda kriket sport turini keng ommalashtirish, ayniqsa, yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan mazkur sport turini yoshlar orasida rivojlantirish ishlariga alohida etibor qaratgan.

SHu boiski, kriket federaciyasi oliy talim muassasalari o'rtasida ham kriket bo'yicha hamkorlikni keng yo'lga qo'ygan. 

Xususan, kecha 18 mart kuni poytaxtimizdagi Tashkent Perfect University oliy talim dargohida O'zbekiston kriket federaciyasi Tashkent Perfect University bilan kriket sport turini talaba-yoshlar orasida keng rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzoladi. 

Memorandumni O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev hamda mazkur oliy o'quv yurti rektori Daurenbek Ilesaliev imzolashdi. Universitet va kriket federaciyasi o'rtasida imzolangan ushbu memorandumdan ko'zlangan maqsad - talabalar orasida kriket sport turini ommalashtirish va ularni shu sport turiga jalb qilish orqali iqtidorli sportchi-talabalarni saralash, kriket bo'yicha musobaqalar tashkil etish va eng asosiysi yaqin kelajakda ushbu oliy o'quv yurtida kriket bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash yo'nalishini ochish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

Memorandum imzolash tadbirida shuningdek, Tashkent Perfect University rektori maslahatchisi Ulug'bek Muhammadiev, ilmiy tadqiqotlar, innovaciyalar va xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Abdurahmon Nasrullaev, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Feruza Norboeva, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Memorandum imzolash marosimi yakuniga etgach, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev tadbir ishtirokchilariga kriket sport turining ichki va xalqaro hamkorlik doirasidagi faoliyati, kriket sport turini rivojlantirish orqali turizmga keng yo'l ochilishi singari qator malumotlarni berib o'tdi.

Takidlash joiz, O'zbekiston kriket federaciyasi 2019 yilda faoliyatini boshlagan bo'lib, federaciya raisi Aziz Mixliev say-harakati va tashabbusi bilan kriket sport turi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikdagi xalqaro aloqalarni mustahkamlagan. 

Tashkent Perfect University va kriket federaciyasi tomonidan imzolangan kelishuv ham mamlakatimizda kriket sport turining rivojlanishiga, yoshlar orasida ommaviylashishi uchun yana bir dasturilamal bo'lib xizmat qilishi bor gap.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing