09 dek 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Krouford Kanelo bilan jang haqidagi savolga javob qaytardi
Amerikalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Terens Krouford meksikalik afsona Saul Alvares bilan jang qilish istagida.
"Saul Alvares bilan jang qilamanmi? Ko'ramiz. Kim biladi? Biz nima bo'lishini oldindan ayta olmaymiz. Keling, shunchaki kutamiz. Men Kaneloni "quvlayapman" demagan bo'lardim. SHunchaki o'z davrimning eng zo'r bokschisi bilan jang qilish imkoniyatini olishni istayman.
SHunchaki boshqa bir buyuk jangchi bilan to'qnash kelmoqchiman, tamom. Agar bu jang amalga oshsa, zamonaviy boks tarixidagi eng yirik jang bo'lardi", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar