26 iyu 03:10
Yangiliklar

Kuarejmaning qo'shimcha bo'limdagi goli Portugaliyani chorak finalga olib chiqdi
Nimchorak final doirasidagi Xorvatiya – Portugaliya o'yinidan so'ng Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari keyingi bosqichga yo'llanma olishdi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.
Qo'shimcha bo'limlar yakunlanishiga uch daqiqa qolgan bir paytda Kuarejma tomonidan kiritilgan gol Portugaliyani chorak finalga olib chiqdi. Golga qadar portugaliyalik futbolchilar asosan himoyalanishayotgandi.
Evro-2016. Nimchorak final.
XORVATIYA – PORTUGALIYA 0:1
Gol: Kuarejma 117.
“Bollart-Delelis” stadioni
Xorvatiya – Subashich, CHorluka, Strinich, Srna, Vida, Modrich, Badel, Rakitich (Pyaca, 110), Brozovich, Perishich, Manjukich (Kalinich, 88).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Adrien Silva (Danilu Pereyra, 108), Nani, Joau Mariu (Kuarejma, 87), Andre Gomesh (Sanshesh, 50), Ronaldu.
Bosh hakam: Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya)
Ogohlantirish: Vilyam Karvalyu (78).
Fikrlar